Malum bolishicha, uzoq vaqt davomida mehribonlik uyi bolalari zorlab kelingan.Malumki, bunday muassasalardagi mavjud sharoitlar havas qiladigan darajada bolmaydi.Bunday joylarda bolalar toyib ovqat yemasligi, ularning gigiena qoidalariga rioya etishi uchun sharoit yaxshi bolmasligi, toza buyumlar berilmasligi kabi ochiqchasiga tahqirlovchi holatlar haqida avvaldan aytilib kelinadi, deb yozmoqda Repost nashri.Tarbiyalanuvchilar fakat bayram kunlari, shahar rahbariyati yoki mamlakatning boshqa tumanlaridan tashrif buyurgan mehmonlar oldida chiroyli kiyintirilgan.
Ehtimol, ushbu mehribonlik uyidagi zoravonliklar OAV da oz tasdigini topmaganida bu mish-mishlar ham unutilib ketardi. Haqikatdan ham, hozirda ushbu mehribonlik uyi hodimlariga nisbatan jinoiy ish ochilgan. Ular katta miqdordagi pulni ozlashtirish hamda tarbiyalanuvchi bolalarga nisbatan zoravonlikda gumon qilinmoqda. Hammasi nimadan boshlandi Margilondagi mehribonik uyi voqealarining yuzaga chiqishi borasida bir necha taxminlar mavjud: 1. Tarbiyalanuvchilaridan biri bilan yuz bergan baxtsiz hodisadan song, huquqni muhofaza qiluvchi organlar ushbu mehribonlik uyiga etibor qaratgan. Mehribonlik uyining ismini oshkor qilishni istamagan xodimining sozlariga kora, 2017 yilning kuzida tarbiyalanuvchi qizlardan biri oz joniga qasd qilishga uringan. Tirik qolgan qiz mahalliy shifoxonalardan biriga yotqizilgan. Shifokorlar qizning tanasida zasoslarga oxshagan, koplab zuravonlik alomatlarini aniqlashgan. Uzoq suhbatlardan song, qiz mehribonlik uyida tarbiyalanuvchilarga nisbatan muntazam ravishda zoravonlik sodir etilishini aytib beradi. Qiz bunga Mehribonlik uyining katta yoshdagi tarbiyalanuvchilari, hodimlari va begona shaxslarning daxldorligini malum qiladi. Bu esa oz navbatida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tekshiruvi uchun sabab boladi. Yana bir taxminga kora, 2017 yili yolgiz ona mehribonlik uyiga qizini tashlab, ozi pul ishlash uchun chet elga ketadi. Ona bolasidan voz kechmaydi, qarindoshlari yoqligi sabab shunday yol tutishga majbur boladi. Tanish ayol muntazam ravishda qizdan xabar olib, unga oziq-ovqat va kiyim-kechaklar yetkazib turadi. Bir kuni qiz tanish ayoldan onasi bilan gaplashishni iltimos qiladi. Qizchaning psixolog bilan bolgan suhbatidan song voqea oz tasdigini topadi. Har ikki voqeaning yakunida huquq-tartibot idoralari mehribonlik uyini kuzatishga tushadi. Birinchi videokuzatuv mehribonlik uyi qarshisida joylashgan poliklinika orqali amalga oshiriladi. Poliklinika palatalarining birida kuzatuv kamerasi ornatiladi. Ichki kuzatuv esa homiy tomonidan sovga qilingan televizor orqali amalga oshiriladi. Kuzatuv natijalarida qizlar aytgan gaplar oz tasdigini topadi.
0 Comments
Leave a Reply. |
Details
AuthorWrite something about yourself. No need to be fancy, just an overview. ArchivesCategories |